Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan intellektual mulk himoyasini kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.
U bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi va Fuqarolik kodekslariga mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni, shuningdek sanoat mulki obyektlariga bo‘lgan huquqlarni buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda.
Xususan, intellektual mulk obyektlariga doir shaxsiy nomulkiy huquqlarni buzganlik uchun amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda. Bunday obyektlarga oid mulkiy huquqlarni buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanyapti.
Qonun loyihasi siyosiy partiyalar fraksiya yig‘ilishlari muhokamasiga kiritish uchun tayyorlanmoqda.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi haqida xabar bergan edik. Qonun bilan intellektual mulk obyektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun huquq egasining talabiga ko'ra huquqbuzar tomonidan tovon to'lash tartib-taomili joriy etilishini nazarda tutuvchi qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31400 | Инструменты