Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan qonun bilan konvensiya ratifikatsiya qilindi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Unga ko‘ra, Xalqaro mehnat tashkilotining Ishlayotgan erkaklar va ayollar uchun teng munosabatlar va teng imkoniyatlar: oilaviy majburiyatlarga ega xodimlar to‘g‘risidagi 156-sonli konvensiyasi (Jeneva, 1981-yil 23-iyun) ratifikatsiya qilingan.
Eslatib o'tamiz, mart o‘rtalarida esa O‘zbekistonda ish haqini himoya qilish to‘g‘risidagi konvensiya ratifikatsiya qilingandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51519 | Инструменты