Huawei 1
O‘zbekistonda nafaqa oluvchilar soni 712 618 nafarga yetdi

2025-yil 1-mart holatiga pensiya tayinlash uchun ish stajiga ega bo‘lmagan nafaqa oluvchilar soni 712 618 nafar tashkil etib, joriy yilning boshiga nisbatan 15 465 nafarga ko‘paygan.

Jumladan:

- nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalar nafaqasini oluvchilar – 171 380 nafar (+4 289);

- nogironlik nafaqasini oluvchilar – 315 012 nafar (+7 286);

- parvarishlash nafaqasini oluvchilar – 75 390 nafar (+837);

- yoshga doir nafaqa oluvchilar – 86 482 nafar (+1 891);

- boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini oluvchilar – 56 805 nafar (+935);

- o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslarga moddiy yordam oluvchilar - 7 549 nafarni (+227) tashkil etadi.

Avvalroq, 2025-yil fevral oyida 8 710 nafar fuqaroga ijtimoiy to‘lovlar tayinlab berilgani xabar qilingandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30617 | Инструменты