Huawei 1
O‘zbekistonda Paralimpiya sport turlarini rivojlantirish yuzasidan uchrashuv tashkil etildi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o’rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva tashabbusi bilan Xalqaro Paralimpiya qo’mitasi prezidenti Endryu Parsons, Osiyo Paralimpiya qo’mitasi prezidenti Majid Rashed va Ko’zi ojizlar sporti federatsiyasi raisi Ilgar Raximov bilan mamlakatimizda paralimpiya harakatini rivojlantirish borasidagi hamkorlik yo’nalishlari muhokamasiga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda Parijdagi Paralimpiya o’yinlarida sportchilarimizning erishayotgan natijalari ham alohida qayd etildi.

2025-yilda Mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahrida o’tkaziladigan “V yozgi o’smirlar Osiyo o’yinlari”ni o’tkazish yuzasidan barcha tashkiliy masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar mazkur sport tadbirini  muvaffaqiyatli o’tkazish uchun o’zaro hamkorlikni kuchaytirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91703 | Инструменты