Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi 2025-yil 1-noyabrga qadar plastik chiqindilarni qisqartirish bo‘yicha quyidagi xalqaro tan olingan mexanizmlarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqadi.
Hujjat plastik qadoqlar yoki plastik qadoqlarda mahsulot ishlab chiqaruvchi hamda import qiluvchilarga nisbatan “taralarni qaytarish”, fuqarolarga chiqindilarni qabul qiluvchi maxsus uskunalarga topshirilgan har bir plastik idish uchun to‘lov qilish imkoniyatini yaratish kabi majburiyatlar joriy qilishni nazarda tutadi.
Bundan tashqari, 2025-yil 1-oktabrga qadar tegishli vazirliklar mahalliy hokimliklar bilan birgalikda energiya sarfi yuqori bo‘lgan yo‘nalishlardagi mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilgan holda Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlaridan bosqichma-bosqich ko‘chirish bo‘yicha asoslantirilgan takliflarni taqdim etishi kerak. Ro‘yxatga quyidagilar kiradi:
O‘zbekistonda yiliga 10,2 mln tonna chiqindi hosil bo‘lib, uning 10,3 foizi plastmassadan iborat. Respublikaning deyarli har bir hududida plastmassa buyumlari, jumladan, idish-tovoq va qop ishlab chiqaruvchi korxonalar mavjud. Bundan tashqari, mamlakatga plastik mahsulotlar importi eksportdan sezilarli darajada oshib, 2023-yilda 158,5 ming tonnani, 487,5 mln dollarni tashkil etdi.
Hisobotda plastik chiqindilarni samarali boshqarish uchun infratuzilmani rivojlantirish zarurligini ta’kidlangan. Ayniqsa, poliyetilen, polipropilen va PET uchun qayta ishlash korxonalari sonining ko‘payishi chiqindi poligonlariga tashlanadigan chiqindilar hajmini sezilarli darajada kamaytiradi va qayta ishlashning iqtisodiy rentabelligini oshiradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha yiliga 400 million tonna plastik mahsulotlar ishlab chiqariladi. Bu ko‘rsatkich 2050 yilga borib 2 barobar ortishi kutilmoqda. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, plastik chiqindilarning 40 foizi bir marta ishlatiladigan plastik mahsulotlardir. Dunyo miqyosida plastik mahsulotlarning atigi 9 foizi qayta ishlanadi xolos.
Mavzuga oid:
O‘zbekistonda 2024-yili qancha shisha chiqindi qayta ishlangani ma'lum bo'ldi
O'zbekistonda 29 qattiq maishiy chiqindi poligoni rekultivatsiya qilindi
“Oʼzbekkosmos” 2 mingga yaqin noqonuniy chiqindixonalarni aniqladi
Alpha version: 0.9.1.19 build 61006 | Инструменты