Huawei 1
O‘zbekistonda pulli asosda o‘q otish turizmi yo‘lga qo‘yiladi

Joriy yil 26 sentabrdan “Turizmning yangi turlarini joriy qilish hamda mamlakatimizning turistik salohiyatidan samarali foydalanishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori kuchga kirdi. 

Qaror bilan 2025 yil 1 yanvardan mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun turizmning yangi turlari joriy qilinmoqda, xususan:

  • mahsulot ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishishni nazarda tutuvchi sanoat turizmi;
  • oltin, ruda va boshqa mineral resurslar qazib oluvchi konlar, shaxtalar, faoliyat yuritmayotgan geologik obektlarida texnologik jarayonlarni, shu jumladan, tog‘ jinslarini portlatish tadbirlarini bexatar masofadan kuzatish, mutaxassislar bilan muloqot qilish, tog‘ releflari bo‘yicha ekskursiyalarni tashkil qilishni nazarda tutuvchi geologiya turizmi;
  • ilmiy-tadqiqot institutlari va laboratoriyalar, observatoriyalar hamda planetariylar, Fanlar akademiyasi va uning tizimidagi tashkilotlarga tashrif buyurish orqali fan va texnika yutuqlari bilan tanishishni nazarda tutuvchi ilmiy turizm;
  • harbiy tarix va faoliyat bilan bog‘liq joylarga tashrif buyurish, yodgorliklar va tadbirlarda qatnashish, harbiy xizmatchilar hayoti va sharoitlari bilan yaqindan tanishish, hududlarda turistlarga o‘q otish bo‘yicha pulli xizmatlar tashkil qilishni nazarda tutuvchi harbiy turizm;
  • mamlakatning siyosiy hayoti, davlat organlari va tashkilotlarining tarixi va faoliyatini aks ettiruvchi joylarga, xususan, hukumat bino va inshootlariga tashrif buyurishni o‘z ichiga olgan davlat-boshqaruv turizmi.

Ushbu yangi turistik xizmatlarni joriy qilish, tartib-qoidalarini ishlab chiqish hamda tushayotgan mablag‘lardan samarali foydalanishga quyidagi vazirliklar va tashkilotlar mas’ul etib belgilangan:

  • Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi;
  • Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
  • Investitsiyalar, sanoat va tashqi savdo vazirligi;
  • Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi;
  • Mudofaa vazirligi;
  • Adliya vazirligi;
  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi;
  • Fanlar akademiyasi;
  • Savdo-sanoat palatasi. Ushbu idoralar ikki oy muddatda ushbu tegishli idoraviy hujjat qabul qilishi kerak.

Shuningdek, qaror bilan Mudofaa vazirligining 2025 yil 1 yanvardan boshlab mahalliy va xorijiy turistlarga quyidagi xizmatlarni ko‘rsatish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi:

  • “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi, “Shon-sharaf”, “Qurolli Kuchlar” davlat muzeylari va hududlardagi “Vatanparvarlar” bog‘larida harbiy texnika va qurol-aslahalar bilan bevosita tanishtirish;
  • Mudofaa vazirligining Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi Qibray sport majmuasi bazasida “Stendli otish” va o‘qotar qurollardan otishni pulli asosida yo‘lga qo‘yish.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122117 | Инструменты