O‘zbekistonda qisman Quyosh tutilishi kuzatiladi
Ulug‘bek nomidagi astronomiya instituti ma’lum qilishicha, yurtimiz aholisi 10-iyun kuni Quyoshning qisman tutilishini kuzatishi mumkin.
“Tez orada O‘zbekiston aholisi navbatdagi noyob astronomik hodisani kuzatishi mumkin — 2021-yil 10-iyun kuni halqasimon Quyosh tutilishi sodir bo‘ladi. Mazkur Quyosh tutilishi 2021-yildagi O‘zbekiston aholisi uchun kuzatish mumkin bo‘lgan birinchi tutilish hisoblanadi. Ushbu Quyosh tutilishini O‘zbekiston hududidan kuzatilganda, Oy Quyosh yuzasining juda kichik qisminigina to‘sadi, ya’ni faqat qisman Quyosh tutilishini kuzatish mumkin”, — deyiladi xabarda.
Quyidagi jadvalda O‘zbekiston aholi punktlari uchun tutilish haqida ma’lumotlar keltirilgan:
Ushbu tutilish halqasimon Quyosh tutilishi hisoblanib, tutilishning to‘liq fazasida (Kanada, Grenlandiya va Rossiya uzoq sharqida) Quyosh yuzasining 94,3 foizini tashkil qiladi. Quyosh tutilishi to‘liq fazasining davomiyligi 3 minut 51 sekundga teng bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21400 | Инструменты