Huawei 1
O‘zbekistonda shaharda yashovchilar soni qishloqda yashovchilar sonidan ko‘p ekani maʼlum bo‘ldi

Statistika agentligi respublikadagi demografik ko'rsatkichlarni e'lon qildi

Agentlik maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvar holatiga doimiy aholi soni 37 543,2 ming kishini tashkil etgan. 

Shundan:

  • Shahar aholisi – 19 135,8 ming kishi;
  • Qishloq aholisi – 18 407,4 ming kishi.

Shunga ko'ra, doimiy aholi tarkibida shahar hududida yashovchilar soni qishloq hududida yashovchilar sonidan 728,4 ming nafarga ko‘p ekani maʼlum bo‘ldi.

Ma'lumot uchun, 2025-yilning 20-yanvar holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi 37 576 214 kishiga yetgan. Bunda ayollar soni – 18,6 mln kishini, erkaklar soni esa 18,9 mln kishini tashkil qilgan.

Eslatib o'tamiz, 2023-yilda O'zbekistonda shaharda yashovchilar 18,1 mlnni, qishloqda yashovchilar esa 17,5 mlnni tashkil etgan.

Maqola muallifi: Malika Norboyeva

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12807 | Инструменты