O‘zbekistonda xorijda doimiy yashovchilar bilan 1,4 mingga yaqin nikoh ro‘yxatga olindi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda joriy yil birinchi yarmida xorijiy mamlakatlarda doimiy yashovchi fuqarolar bilan 1,4 mingga yaqin nikoh ro‘yxatga olindi.

Joriy yil yanvar-iyun oylari davomida O‘zbekistonda 108 918 ta nikoh qayd etilgan bo‘lsa, ular 1362 tasi xorijiy mamlakatlarda doimiy yashovchi fuqarolar bilan tuzilgan nikohlardir.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 326 taga kamaygan.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin kelinning yoshi kuyovnikidan katta bo‘lgan nikohlar eng ko‘p Toshkent shahrida qayd etilgani, O'zbekistonda kelin homiladorligi sababli muddatidan oldin qayd etilgan nikohlar soni 7,5 mingdan ziyodni tashkil qilgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51502 | Инструменты