Huawei 1
O‘zbekistonda yanvar oyida 94,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasi va gazdan noqonuniy foydalanilgani ma’lum bo‘ldi

Joriy yilning yanvar oyida Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya”  ishtirokida Bosh prokuratura hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, elektr va gaz ta’minoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 995 ta isteʼmolchi tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Unga ko‘ra 20 mln 486 ming kVt⋅soat elektr energiyasi va 47 mln 387 ming metr kub tabiiy gaz talon-taroj qilingan bo’lib, davlat manfaatlariga jami 94 mlrd 542 mln so‘m zarar yetkazilgan.

Respublikaning barcha hududlarida Inspeksiya tomonidan 24 969 ta profilaktika tadbir o‘tkazildi. Shuningdek, energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 937 ta ma‘muriy ish rasmiylashtirildi.

Energiya samaradorligi, avariya va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi yuzasidan 14 ta davlat korxona va muassasasida nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Ta’minotchi korxonalar tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 1 540 ta obyekt hamda 2 565 ta ijtimoiy soha obyekti o‘rganildi.

Reaktiv quvvatni kompensatsiya qiluvchi qurilmalar o‘rnatish yuzasidan tadbirkorlik subyektlarida tushuntirish ishlari olib borilib, 13 145 ta iste’molchiga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51820 | Инструменты