Huawei 1
O‘zbekistondagi 7 ta OTM dunyoning eng yaxshi universitetlari ro‘yxatidan o‘rin oldi

19-iyun kuni e’lon qilingan “QS World University Rankings 2026” natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonning 7 ta oliy ta’lim muassasasi dunyoning eng yaxshi universitetlari ro‘yxatidan o‘rin oldi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 5 ta universitetga ortib, O‘zbekiston ushbu reytingda ilk bor ishtirok etgan universitetlar soni bo‘yicha jahonning 9 ta mamlakati qatoridan joy oldi.

Reytingga kiritilgan O‘zbekiston OTMlari:

- “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti — 469-o‘rin (2025-yilda =547)
- O‘zbekiston Milliy universiteti — 721–730 (2025-yilda 781-790)
- Toshkent davlat texnika universiteti — 901–950 (ilk bor)
- Samarqand davlat universiteti — 1001–1200 (ilk bor)
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 1001–1200 (ilk bor)
- Toshkent davlat transport universiteti — 1201–1400 (ilk bor)
- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 1401+ (ilk bor)

Alohida qayd etish lozimki, O‘zbekistonning 4 ta oliygohi “Bitiruvchilar yutuqlari” indikatori bo‘yicha top-700 talikka kirgan:

- Toshkent davlat texnika universiteti – 540-o‘rin
- O‘zbekiston Milliy universiteti – 545-o‘rin
- “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti – 644-o‘rin
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 660-o‘rin. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72804 | Инструменты