Huawei 1
O‘zbekistonlik voleybolchilar viza muammosi sabab Jahon chempionatida qatnashmadi

24-31 avgust kunlari Bolgariyada o‘tkazilgan 17 yoshgacha voleybolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan O‘zbekiston jamoasi Toshkentdagi Bolgariya elchixonasi sportchilarning viza hujjatlarini kechiktirgani bois  chempionatda qatnashmadi.

U-17 O‘zbekiston jamoasi 2023 yil Toshkent shahrida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, mundialga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan. Bolgariyaga bormagani oqibatida O‘zbekiston jamoasiga guruh bosqichidagi 3 ta o‘yinda ham texnik mag‘lubiyat yozilgan. 

“Bolgariya elchixonasining viza berish tizimi 20 kun ishlamabdi. Elchixona bir necha kun avval vizalarimiz tayyor bo‘lganini bildirdi. Biz hech bo‘lmasa guruh bosqichidagi bitta o‘yinda qatnashishga ulguramiz deb o‘ylagandik, ammo bunday bo‘lmadi. Elchixonaga barcha kerakli hujjatlarni taqdim etdik. Hozir bo‘lib o‘tgan holat yuzasidan Tashqi ishlar vazirligiga ariza tayyorlayapmiz”, deydi O‘zbekiston voleybol federatsiyasi xodimi.

Qayd etish joiz, aynan U-17 O‘zbekiston voleybol terma jamoasi kelasi yil Toshkentda o‘tkaziladigan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishi kutilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91721 | Инструменты