Soliq qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zbekistonliklar 2024 yilda dori vositalariga jami 19,7 trln so‘mdan ortiq pul sarflagan.
Shundan 15,7 trln so‘mdan ko‘prog‘i import preparatlar, 4 trln so‘m mahalliy ishlab chiqarilgan preparatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Aholi jon boshiga nisbatan to‘g‘ri keladigan eng yuqori xarajatlar quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Eng kam xarajatlar:
Umuman o‘tgan yilda dori vositalari uchun eng katta xarajatlar Toshkent shahri (5 trln so‘m), Samarqand (2,6 trln so‘m) va Farg‘ona viloyatida (1,5 trln so‘m) qayd etilgan.
Eng ko‘p mablag‘ quyidagi kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan dori vositalariga sarflangan:
Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda O‘zbekistonga 1 mlrd 744,7 mln dollar farmatsevtika va tibbiyot buyumlari import qilingan. Shundan 1,5 mlrd dollarlik mahsulotlar aynan chakana savdo uchun olib kirilgan dori vositalari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Taqqoslash uchun, o‘tgan yilda 0,5 mlrd dollarlik go‘sht mahsulotlari, 258 mln dollarlik un va un mahsulotlari, 373 mln dollarlik o‘simlik yog‘lari import qilingan. Umumiy oziq-ovqat mahsulotlarining importi esa 3 mlrd 917 mln dollarni tashkil etgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30314 | Инструменты