O'zbekistonliklar Saudiya Arabistonida klinikalarga ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Nomzodlar uchun talablar:
− hamshiralik bo'yicha diplom;
− tibbiyot yo'nalishida kamida 2 yillik tajriba;
− ingliz tilini bilish;
− jismonan va ruhan sog‘lom;
− 22 yoshdan 35 yoshgacha;
− sudlanmagan bo'lish.
Nomzodlar malaka testidan o'tishi kerak bo'ladi.
Ish haqi 1 000 $ dan boshlanadi.
Ovqatlanish va yotoqxona ish beruvchi tomonidan qoplanadi.
Ro'yxatga olish jarayoni 2024-yil 30-mart soat 18:00 gacha davom etadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110717 | Инструменты