Huawei 1
O‘zbekistonliklarning Rossiyaga kirishida tekshiruvlar ko‘paygani aytilmoqda. RF TIVga so‘rov yuborildi

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi vatandoshlarga murojaat qildi.

Maʼlum qilinishicha, so‘nggi paytlarda elchixona Call-markaziga O‘zbekiston fuqarolari tomonidan Rossiyaga kirishda yoki Moskva shahridagi Sheremetyevo xalqaro aeroportida tranzit orqali o‘tishda aeroport xodimlari tomonidan uzoq va haddan tashqari ko‘p tekshiruvlar o‘tkazilayotgani yuzasidan ko‘plab xabarlar kelib tushmoqda.

Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida elchixona Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat yubordi.

“Shu bilan birga, elchixonaning konsullik bo‘limi Sheremetyevo aeroportining chegara nazorati xizmati bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi”, — deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102303 | Инструменты