25-noyabr kuni «O‘zcharmsanoat» uyushmasi va unga a’zo tadbirkorlik sub’yektlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda sanoatning rivojlanishi, faoliyatni samarali tashkil etish, yangi loyihalar va strategik vazifalar muhokama qilindi. Tadbirkorlik sub’yektlarining muammolarini hal etish, resurslarni taqsimlash va davlatning bu sohadagi siyosatini amalga oshirish kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, yig‘ilishda uyushmaga a’zo korxonalar tomonidan «O‘zcharmsanoat» uyushmasi raisi lavozimiga Sultanov Akbar Anvarjonovich bir ovozdan tasdiqlandi hamda Uyushma kengashining yangi tarkibi saylandi.
Shuningdek, 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan charm-poyabzal va mo‘yna sanoatini rivojlantirishning maqsadli parametrlari tasdiqlandi. 2024 yilda charm mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2,7 milliard kvadrat detsimetr, poyabzal mahsulotlarini 205 million juftga, charm-attorlik mahsulotlarini esa 143 million donaga yetkazish choralari belgilandi.
2025 yilga kelib, bu ko‘rsatkichlar yanada oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112519 | Инструменты