Huawei 1
“Odamlarga qancha yordam bermaylik, mahallalar sharoitini yaxshilamasak, kambag‘allik qisqarmaydi” — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish ishlarini yangi sifat bosqichiga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Tuman hokimlari, sektor rahbarlari kambag‘al oilalar xonadoniga kirib, bu yerdagi sharoitni o‘z ko‘zi bilan ko‘rsagina natija bo‘lishi taʼkidlandi.

“Odamlarga qancha yordam bermaylik, mahallalar sharoitini yaxshilamasak, kambag‘allik qisqarmaydi”,
 - dedi Prezident.

Shu bois, kelgusi yilda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirishga barcha manbalardan 1,6 milliard dollar ajratiladi.

Bu mablag‘larning 1,2 trillion so‘mi, avvalo, eng og‘ir 300 ta mahallada suv nasoslari va quyosh panellari o‘rnatishga beriladi. Yana 2 trillion so‘m hisobidan eng og‘ir 500 ta mahallada elektr, yo‘l, internet va boshqa infratuzilma masalalari hal etiladi.

Bu ishlarni amalga oshirish uchun vazirlar, o‘rinbosarlari va maslahatchilari, boshqarma boshliqlaridan iborat 250 nafar rahbarga eng og‘ir 1 mingta mahalla bog‘lab beriladi.

Shuningdek, viloyatdagi 2 ming va tumandagi 12 ming nafar rahbarning har biriga 5 tadan sharoiti eng og‘ir oila biriktiriladi.

Bugungi kunda respublika bo‘yicha kamida 50 ta ish o‘rni yaratgan 9 ming 200 ga yaqin tadbirkor bor.

Ular yaqinda o‘tgan Prezident bilan ochiq muloqotdan ruhlanib, ko‘nikmasi va xohishi bor 500 ming odamga ish berishga tayyorligini bildirgan.

Masalan, Baliqchi tumanidagi tadbirkor Xitoy tajribasi asosida kooperatsiya tizimini joriy etib, 520 nafar kambag‘al aholini ishli qilish tashabbusi bilan chiqayapti.

Tadbirkorga kredit berilsa, viloyatning har bir tumanida 1 tadan korxona ochib, unga 30 nafar ehtiyojmand oila vakilini ulushdor qilib kirgizib, 4-5 million so‘mgacha oylik to‘lamoqchi.

Bunda, faqat ehtiyojmand odamlarni ishga olish – kreditning asosiy sharti bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91720 | Инструменты