Huawei 1
Olimpiya va noolimpiya sport turlari bo‘yicha federatsiya sportchilaridan 700 ta doping sinama olish rejalashtirilgan

2024 yilning mos davriga nisbatan Olimpiya va noolimpiya sport turlari bo‘yicha federatsiya (assotsiatsiya) sportchilaridan reja asosida 700 ta doping sinama olish rejalashtirilgan.

AOKAda Milliy antidoping agentligi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida 2024 yil 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumot taqdim etildi:

Qayd etilishicha, Shveysariyaning Lozanna shahrida Butunjahon antidoping agentligining Yillik simpoziumida O‘zbekiston milliy antidoping agentligi direktori A.Sadikov va agentlik mutaxassislari ishtirok etishdi. Tadbir doirasida O‘zbekiston va Litva agentliklari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent farmatsevtika instituti va O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida meʼmorandum imzolandi va birgalikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilandi.

Respublikada faoliyat yuritayotgan federatsiya (assotsiatsiya)larning sportchi, sport shifokorlari va murabbiylariga antidoping taʼlimoti bo‘yicha seminarlar joriy yilning 9 oy davomida 16 marotaba, hamda olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga 4 marotaba vebinarlar o‘tkazildi. 

Sportchilar uchun antidoping taʼlim platformasida o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi o‘quv kursi joylashtirildi va foydalanishga topshirildi.

Respublikadagi jami 246 ta sport maktablaridan 20 000 dan ortiq sportchi, murabbiy va tibbiyot xodimlari uchun talim-uznada.uz (antidoping taʼlimoti) va dori-uznada.uz (sportda taqiqlangan dori vositalarini tekshirish) elektron platformalardan foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. 

WADA tomonidan Parij-2024 olimpiya va paralimpiya o‘yinlariga qatnashuvchi sportchilar uchun  ADEL dasturi bo‘yicha  o‘quv kursi ishlab chiqildi hamda WADAning elektron platformasiga joylandi. 

O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan dori vositalari tarkibida taqiqlangan dori vositalarini tekshirish platformasi – https://dori-uznada.uz ga tarkibida taqiqlangan substansiyalar tutuvchi 38000 turdagi dori vositalari, ularning tijoriy nomlari va ushbu dori vositalariga tegishli muhim maʼlumotlar kiritib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100819 | Инструменты