Huawei 1
8-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Saylovchilarning muddatidan oldin ovoz berish kunlari va vaqti belgilandi

16-23-oktyabr kunlari muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish to‘g‘risidagi Markaziy saylov komissiyasining qarori qabul qilindi.

Keksalarga mahalliy yo‘nalishdagi poyezdlar uchun 20% chegirma e’lon qilindi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” “Keksalar uchun turizm oyligi” munosabati bilan 20% chegirma e’lon qildi.

Onlayn kredit bo‘yicha vaqtinchalik tartib joriy etilmoqda

Endilikda fuqarolar kredit tashkilotining mobil ilovasi orqali kredit ajratish bo‘yicha ariza yuborish jarayonida biometrik identifikatsiyadan o‘tishi talab etiladi.

Buxoroda ayol 3 yoshli farzandini urib, o‘ldirib qo‘ydi

U avval ham birinchi bolasini o‘ldirganligi uchun qamoq jazosini o‘tab chiqqan.

"Aybdorlarga tegishli choralar ko‘riladi" - Energetika vaziri tadbirkorlarni quyosh panellarini o‘rnatishga majburlash haqida gapirdi

Jo‘rabek Mirzamahmudovning aytishicha, majburlashga duch kelgan tadbirkorlar u bilan shaxsan bog‘lanishgan. Shuningdek, u Sirdaryo viloyatida bo‘lgan holat bo‘yicha munosabat bildirib, aybdorlar tegishli jazo olganini qayd etdi.

Birjada 2 474,3 mlrd so‘mlik tovarlar sotildi, paxta yog‘i, sheluxa va ammiakli selitra narxi pasaydi

30-sentabr – 6-oktabr kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 2 474,3 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 25,2% ga ko‘pdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 86,2% birja savdolariga, qolgan 13,8% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

9 oyda “Tez yordam”ga eng ko‘p yolg‘on chaqiriq qaysi hududdan kelib tushgani maʼlum bo‘ldi

Eng kam yolg‘on chaqiriq Sirdaryo viloyatida ro‘yxatga olingan.

Badanga qasddan yengil shikast yetkazish bilan bog‘liq qilmish jinoiy jazo tarkibidan chiqarildi

Shuningdek, mazkur huquqiy normani yangi tavsifiy belgilar bilan to'ldirish, yarashuv institutiga kiruvchi ma'muriy huquqbuzarliklar doirasini kengaytirish belgilanmoqda.

Bojxona qo‘mitasi Matbuot xizmatiga yangi rahbar tayinlandi

AOKAning xulosasiga ko‘ra Husen Tangriyev Bojxona qo‘mitasi matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari tarixda ilk bor $41,1 mlrddan oshdi

Sentabr oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari rekord darajaga yetdi.

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Moskvada bo'lib o'tgan MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig'ilishida ishtirok etdi

Baxtiyor Saidov Moskva shahrida bo'lib o'tgan MDHga a'zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100821 | Инструменты