Huawei 1
Olmazor tumanida ta’qiqlangan modda ushlab qolindi

2024-yil 7-oktabr kuni soat 11:00 larda Toshkent shahar, Olmazor tumanida Shifobaxsh suvlar ko’chasida xizmat olib borayotgan YPX xodimi A.Hamidov, PPX R. Mamadiyev va Kinologiya xizmati xodimi A. Raximovlar tomonidan, Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan Matiz rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirilgan.

Tekshiruvda avtomashina yo’lovchisi 1995-yilda tug’ilgan Sh. X. o’zini tutishi va gap so’zidan xodimlarda shubha uyg’otgan, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganda, yo‘lovchi Sh. X. ning yonidan, segaret qutisi ichiga yashirilgan narkotik moddasiga o’xshash o‘tkir hidli, quritilgan o’simlik moddalari topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro Sh. X. va aniqlangan modda Olmazor tumani IIO FMBga topshirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100720 | Инструменты