Huawei 1
“Orzu” loyihasining ilk xayriya ko‘rgazmasi o'tkaziladi

“Orzu” loyihasi ko‘zi ojiz bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ijodiy fikrlashini rivojlantirish, ular tomonidan tasvirlangan fikrlar asosida yaratilgan asarlar ko‘rgazmasi va sotuvi ilk bor O‘zbekistonda keyinchalik xalqaro miqyosda tashkil etishdan iborat.

“Butunjahon Yoshlar Festivali” doirasida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Mehrli qo‘llar” fondi, AVO Bank va We Digital marketing agentligi hamkorligida loyihaning ilk “Orzu” nomli noyob ko‘rgazma-auksioni tashkil etilmoqda.

“Orzu” – bu inson ijodkorligi va sun'iy intellektning maxsus uyg‘unlashuvidir. Ko‘rgazmada ko‘zi ojiz bolalar taassurotlari asosida yaratilgan asarlar namoyish etiladi. Bu suratlar shunchaki surat emas, balki bolalarning chuqur va ta’sirchan xayollari va tasavvurlarining aksidir.

Ko‘rgazmada “Sharm Studio” rassomlari tomonidan qog‘ozga tushirilgan, sun'iy intellekt orqali yaratilgan 20 ta surat namoyish qilinadi.

Xayriya ko‘rgazmasida sotilgan ijodiy ishlar tushgan mablag‘lar ko‘zi ojiz bolalarning ko‘rish qobiliyatini tiklash uchun operatsiyalariga yo‘naltiriladi. Bizga qo‘shiling va bolalarning orzu qilgan dunyosini ko‘rishlariga yordam bering.

Shuningdek, Payme, Click va Payze to‘lov xizmatlari orqali ham loyiha uchun mablag‘ xayriya qilish imkoniyati mavjudligi hamma uchun qulaylik yaratadi.

Nega bu muhim?

Bu ko‘rgazma shunchaki suratlarni namoyish qilishdan ko‘ra muhimroqdir. Bu bolalarning qalblari bilan ko‘rgan dunyosiga yaqinlashish imkoniyatidir. “Orzu” loyihasi bizga tasavvur kuchini va har bir bolaning orzularini qo‘llab-quvvatlash qanchalik muhim ekanligini eslatadi.

Xayriya ko‘rgazmasida xalqaro tashkilotlarning o‘zbekistondagi vakillari, xorijiy davlat elchilari, tadbirkorlar, jamoat faollari, blogerlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Ko‘rgazmada Sizning ishtirokingiz dunyoni his qilish orqali “ko‘radigan” bolalarni juda xursand qiladi.

Keling va bolalarning orzularini qo‘llab-quvvatlang!

O‘tkazish joyi: Toshkent fotosuratlar uyi.

O‘tkazish vaqtlari: Ko‘rgazma 2024-yil 27-30-iyun kunlari soat 10-00 – 17-00.

                                         Auksion savdo 2024-yil 29-iyun kuni soat 17-00 – 18-30.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62814 | Инструменты