Huawei 1
Osh tuzini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilishga doir talablar belgilanmoqda

Bugun, 4-fevral kuni bo‘lib o‘tgan Qonunchilik palatasidagi majlisda deputatlar aholi o‘rtasida yod yetishmasligi kasalliklarining oldini olish tizimini takomillashtirilishga qaratilgan qonun loyihasini ko‘rib chiqdi.

Ushbu qonun loyihasi bilan osh tuzini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilishga doir talablar belgilanmoqda.

Jumladan, Sog‘liqni saqlash vazirligiga osh tuzini va oziq-ovqat mahsulotlarini yodlash uchun foydalaniladigan tarkibida yod bo‘lgan preparatlarni, ularga qo‘yiladigan talablarni, osh tuzini va oziq-ovqat mahsulotlarini yodlashga, yodlangan tuzni ishlab chiqarishga, tashishga, saqlashga va realizatsiya qilishga qo‘yiladigan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini belgilash hamda uning nazoratini olib borish vakolatlari belgilanyapti.

Deputatlarning ta’kidlashicha, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi aholi salomatligini muhofaza qilish, yod yetishmasligi kasalliklarini profilaktika qilish, o‘sib kelayotgan avlodning intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20423 | Инструменты