Huawei 1
OTB O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida yangi elektr uzatish liniyasini qurish uchun $15 mln ajratdi

Tojikistondagi “So‘g‘d” podstansiyasi bilan O‘zbekistondagi “Sirdaryo” nimstansiyasi o‘rtasida 22 kilometrlik 500 kilovoltlik yangi elektr uzatish liniyasi quriladi.

Ushbu loyiha OTB Tojikistonga ajratgan 15 million dollarlik grant hisobidan amalga oshirilmoqda.

Yangi liniya Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonni o‘z ichiga olgan MOET mamlakatlari o‘rtasida eksport va import uchun elektr uzatish quvvatini oshiradi, shuningdek, elektr tarmog‘idagi uzilishlarga olib keladigan nosozliklarning oldini olish uchun infratuzilmani kengaytiradi.

Tojikistonga qo‘shni O‘zbekiston bilan interkonnektorlar orqali mamlakat energetika tizimini Markaziy Osiyo energetika tizimiga (MOET) qayta ulash bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihani kengaytirishga yordam berish uchun qo‘shimcha moliyalashtirish maʼqullandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122121 | Инструменты