Huawei 1
O'zbekiston Bosh konsulxonasi: Istanbuldagi yong'in oqibatida halok bo'lgan va jabrlanganlar, shuningdek, prokuratura tomonidan hibsga olinganlar orasida mamlakatimiz fuqarolari aniqlanmagan

2-aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da (Toshkentda 15:00) Istanbul viloyati Shishli tumanidagi 16 qavatli turar-joy binosida yuz bergan yong'inda 29 kishi halok bo'ldi. 

O'zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi telegram kanali ma'lumotiga ko'ra, yong'in binoning birinchi qavatida joylashgan tungi klubda sodir bo'lgan. Klub Ramazon oyi munosabati bilan faoliyat yuritmayotgan bo'lib, ta'mirlash ishlari olib borilayotganligi ma'lum qilindi. Holat yuzasidan mahalliy prokuratura tomonidan jinoiy ish qo'zg'atilib, hozirgi vaqtda 5 kishi ushlangan. 

Halok bo'lganlarning barchasi tungi klubni ta'mirlayotgan ishchilar bo'lgan. Ularning shaxsiga aniqlik kiritish bo'yicha ishlar olib borilmoqda.

Bosh konsulxona xabariga ko'ra, jabrlanganlar va ushlanganlar orasida O'zbekiston fuqarolari aniqlanmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101808 | Инструменты