Huawei 1
O'zbekiston Milliy universitetida Gidrometeorologiya fakulteti tashkil etiladi

“O'zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori e'lon  qilindi.

Qarorga muvofiq, 2021/2022 o'quv yilidan boshlab Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetida Gidrometeorologiya fakulteti tashkil etiladi.

Shuningdek, qarorda 2021/2022 o'quv yilidan boshlab Rossiya davlat gidrometeorologiya universiteti va boshqa xorijiy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda qo'shma ta'lim dasturlari bo'yicha gidrometeorologiya yo'nalishida kadrlar tayyorlashni tashkil etish belgilangan.

Toshkent gidrometeorologiya kolleji negizida Toshkent gidrometeorologiya texnikumi tashkil etiladi va  bu yerda gidrometeorologiya sohasida o'rta bo'g'in mutaxassislari tayyorlanadi.

Texnikumda kadrlar tayyorlash davlat buyurtmasi va to'lov-shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21506 | Инструменты