Huawei 1
O'zbekiston va O'mon oliy ta'lim muassasalari o'rtasida akademik hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yiladi

O'zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan 13-20-oktabr kunlari Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida tashkil etilgan O'zbekiston-O'mon biznes-forumlari doirasida ikki mamlakat oliy ta'lim muassasalari o'rtasida hamkorlik bitimlari imzolandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Jumladan, Toshkentdagi Xalqaro Nordik universiteti, Samarqand davlat universiteti, Buxoro muhandislik-texnologiyasi instituti va Maskat universiteti o'rtasida anglashuv memorandumlari imzolandi. 

Ikki davlat oliy ta'lim muassasalari rahbarlari o'rtasida o'tkazilgan muzokaralar davomida biznes va menejment, muhandislik, ishlab chiqarish, sanoat korxonalari, geologiya, konchilik, neft-gaz, elektr-mexanikasi va elektr-texnologiyalari, yashil energetika, arxitektura, transport va logistika, qishloq xo'jaligi va agrotexnologiya sohalari bo'yicha mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashning holati tahlil qilindi. 

Hamkorlikda xorijiy tajribalar va texnologiyalarga asoslangan qo'shma savdo obyektlarini yaratish, biznes sohasida yuqori malakali kadrlar almashish kabi qator yo'nalishlarda hamkorlik istiqbollari xususida fikr almashildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102218 | Инструменты