O'zbekiston elchisi Alisher To'xtayev Pokiston axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya vaziri Shaza Fatima Xavaja bilan uchrashdi.
Tomonlar O'zbekiston va Pokiston o'rtasida axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya, raqamli rivojlanish va innovatsiyalar sohasida o'zaro hamkorlikni kengaytirish va manfaatli loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Pokiston tarafiga yurtimizda hayotning barcha jabhalariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish borasida olib borilayotgan islohotlar, "Raqamli O'zbekiston – 2030" strategiyasi, ilg'or elektron hukumat loyihalarini amalga oshirish va davlat xizmatlarini to'liq elektron formatga o'tkazish orqali aholining barcha qatlamlari, xususan, tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilayotgan qulayliklar, IT-parklar faoliyati to'g'risida ma'lumot berildi.
Axborot texnologiyalari, davlat xizmatlarini raqamlashtirish, elektron tijoratni qo'llab-quvvatlash va sun'iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish borasida qo'shma loyihalarni amalga oshirish sohaviy hamkorlikning o'zaro manfaatli yo'nalishlari sifatida e'tirof etildi.
Sohaviy oliy ta'lim universitetlar o'rtasida akademik hamkorlik va talabalar uchun almashuv dasturlarini yo'lga qo'yish, startaplar va yosh dasturchilarning loyihalarini qo'llab-quvvatlash, kiberxavfsizlik, blokcheyn texnologiyalar, davlat xizmatlarini raqamlashtirish, IT-forumlar o'tkazish, ikki mamlakat axborot texnologiyalari vazirlarining o'zaro tashriflarini amalga oshirish, raqamli hamkorlikning huquqiy asosini kengaytirish, aniq natijaga yo'naltirilgan qo'shma "yo'l xaritasi"ni shakllantirish bo'yicha takliflar ko'rib chiqildi.
Shaza Xavaja, shuningdek, 28-30 aprel kunlari Islomobodda o'tkaziladigan "Raqamli xorijiy to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar forumi-2025"da O'zbekiston tomonini taklif qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40201 | Инструменты