Avvalroq prezident qarori bilan 2024-yilga qadar 37 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va tovarlar bojxona to‘lovlaridan ozod etilgani haqida xabar bergan edik. Ular orasida pishloq, tvorog, shokolad, qandolat mahsulotlari, olma, nok va behi, qatiq, kefir, sut mahsulotlari, makaron mahsulotlari kabilar bor. (ro'yxat)
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Xakimov ushbu qaror aholi farovonligiga qay darajada ta’sir qilishi, kutilayotgan natija qanday bo‘lishi va bu qarorlar ichki bozordagi narxlarga qanday ta’sir qilishini baholadi.
Qayd etilishicha, bojxona bojlarini nollashtirish 2 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘z ta’sirini ko‘rsatadi:
— bojxona bojlari tushganda import qilinadigan mahsulotlar arzonlashadi va natijada mazkur mahsulotlarning iste’moli oshadi;
— bir mamlakatdan import qilinayotgan mahsulot qimmatroq bo‘lgani uchun savdo yo‘nalishi ham o‘zgaradi.
Qo'shimcha qilinishicha, bu turdagi iste’mol tovarlariga bojxona bojlarining nol stavkaga tushirilishi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini maqsadli qo‘llab-quvvatlaydi.
Shuningdek, kam ta’minlangan uy xo‘jaliklari tomonidan iste’molni rag‘batlantirish imkonini beradi.
“Misol uchun, birgina uy xo‘jaliklarini oladigan bo‘lsak, tahlil shuni ko‘rsatadiki, asosan bu oziq-ovqatlar kam yoki o‘rta daromadli uy xo‘jaliklari daromadlarining katta qismini sarflayotgan mahsulotlar hisoblanadi. Makaron, tuxum, sariyog‘, go‘sht, pishloq, olma va boshqalar shular jumlasidan”, - dedi Obid Xakimov.
Uning ta'kidlashicha, agar aholining eng zaif qatlamlari faqat kefir sotib olganda, ular uy xo‘jaligi xarajatlarining 5,6%ini mana shu mahsulotga ishlatayotgan bo‘lsa, unda eng yuqori daromadli oilalar bir xil tovar guruhi uchun xarajatlarning atigi 0,7%ini tashkil qiladi.
Mazkur oziq-ovqat mahsulotlariga sarflangan xarajatlarning daromadga nisbati eng yuqori daromadli oilalarga qaraganda kam ta’minlanganlar uchun 8−10 baravar yuqori.
— go‘sht va go‘sht mahsulotlarini $4,8 mln.ga;
— pishloq mahsulotlarini qariyb $900 ming.ga;
— yong‘oqni $1,3 mln.ga;
— olma va nokni $1,9 mln.ga;
— yangi mevalarni $1,6 mln.ga;
— shokoladni $4,7 mln.ga;
— qandolat mahsulotlarini $1,2 mln.ga.
Obid Xakimov shuningdek, makroiqtisodiy nuqtai nazardan, importning o‘sishi natijasida aholining iste’moli oshishi kutilmoqda va bu turdagi mahsulotlar uchun import narxlari 1%dan ortiqroq pasayishini aytdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11108 | Инструменты