Huawei 1
O'zbekistonda 5 oyda 158,4 ming tonna bug‘doy uni import qilingan

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonga qiymati 49 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 158,4 ming tonna bug‘doy uni import qilingan. 

Bug‘doy uni importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 19,8 ming tonnaga oshgan.

2022-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston bug‘doy unini eng ko‘p import qilgan davlatlar:

- Qozog‘iston – 153,4 ming tonna 

- Rossiya – 4,9 ming tonna 

- AQSH – 50 tonna 

- Italiya – 27 tonna

- Hindiston – 2 tonna

- Fransiya – 1,8 tonna. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20311 | Инструменты