O'zbekiston diplomatlari Sloveniyaning "SID Bank" taraqqiyot va eksport banki boshqaruv raisi hamda bosh direktori Borut Yamnik bilan muzokara o'tkazdilar.
Muloqot chog'ida O'zbekiston-Sloveniya savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy aloqalarini kengaytirish, mamlakatimiz banklari va moliya tashkilotlari bilan to'g'ridan-to'g'ri sheriklikni chuqurlashtirishning muhimligi qayd etildi.
Borut Yamnikning aytishicha, "SID Bank" Sloveniyadagi hamkorlari orqali O'zbekistonda farmatsevtika, aloqa va axborot kommunikatsiyalar sohalarida loyihalarni amalga oshirmoqda.
Uchrashuv natijasida "SID Bank" taraqqiyot va eksport banki tomonidan O'zbekiston banklari uchun maxsus kredit liniyalarini ochish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31015 | Инструменты