O'zbekistonda abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.
Apellatsiya arizalari my.dtm.uz sayti orqali (abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinmoqda va 6-sentabrga qadar (10 kun) davom etadi.
Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.
Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.
Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi kerak.
Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2022-yil 7-sentabrdan boshlanadi.
Eslatib o'tamiz avvalroq 2022/2023 o‘quv yili uchun yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilingani haqida va bu yil barcha davlat oliy taʼlim muassasalarining barcha bosqich talabalari uchun toʼlov-kontrakt miqdorlari oshirilmasligi haqida xabar bergan edik.
Sizga qiziq bo'lishi mumkin:
▪ Qashqadaryoda 65 yoshli kishi talaba bo'ldi
▪ Test natijalarida nogironligi bo'lgan shaxslarning imtiyozlari qay tartibda hisoblangani aytildi
▪ O'zbekistonda ta’lim kreditini qanday olish mumkin?
▪ Abituriyentlar beshta yo‘nalishdan birini tanlashning imkoni yo’q(mi)?
▪ Endi O'zbekistondagi xususiy OTM talabalariga ham prezident stipendiyasi beriladi
Alpha version: 0.9.1.19 build 51205 | Инструменты