O'zbekistonda ajrimlar soni ko‘p bo‘lgan hududlar nomi e'lon qilindi
2022 yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra respublika tuman va shaharlari orasida har 1000 doimiy aholisiga nisbatan nikohdan ajralish koeffitsiyenti eng yuqori bo‘lgan hududlar ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Qo'mita xabariga ko'ra, ajralish eng yuqori bo‘lgan hudud Sirdaryo viloyatining Guliston shahri bo‘lgan.
Shuningdek, Yangiyer hamda Olmaliq shahri, Sirg‘ali tumani ham ro‘yhatning yuqorisida qayd etilgan.
— Guliston shahri 3,5 ta
— Yangiyer shahri 3,3 ta
— Sirg‘ali tumani 3,1 ta
— Olmaliq shahri 2,9 ta
— Shirin shahri 2,9 ta
— Bektemir tumani 2,5 ta
— Qibray tumani 2,5 ta
— Chipchiq shahri 2,4 ta
— Buxoro shahri 2,4 ta
— Farg‘ona shahri 2,4 ta
Eslatib o'tamiz, 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida respublika bo‘yicha 34 464 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan. Afsuski, har ming nafar aholiga to‘g‘ri keladigan nikohdan ajralishlar soni – 1,4 promilleni tashkil etgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10615 | Инструменты