Huawei 1
O'zbekistonda attraksionlardan foydalanish qoidalari tasdiqlanadi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi "Attraksionlardan xavfsiz foydalanish qoidalarini tasdiqlash haqida"gi qarori loyihasini eʼlon qildi.

Mazkur qaror loyihasi bilan «Attraksionlardan xavfsiz foydalanish qoidalari»ni tasdiqlash ko‘zda tutilgan bo‘lib, mazkur qoidalar barcha turdagi attraksionlar, shuningdek, yordamchi qurilmalar uchun texnik talablarni qo‘llash va amalga oshirishda yuzaga keladigan munosabatlarni hamda ushbu talablar bilan bog‘liq montaj qilish, sozlash va foydalanish jarayonlarini shuningdek, respublikadagi mavjud attraksionlarni markazlashtirilgan reyestrini yuritish tartibini belgilaydi.

Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda, respublikadagi mavjud 148 ta madaniyat va istirohat bog‘larida, shuningdek boshqa ko‘ngilochar maskanlarda jami 2 120 ta attraksion faoliyat ko‘rsatmoqda.

Biroq, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan aksariyat attraksionlar xavfsizlik va texnik talablarga javob bermasligi natijasida turli avariya va baxtsiz hodisalar sodir bo‘lishiga olib kelmoqda.

Jumladan, 2019-2024 yilni birinchi yarim yilligi mobaynida attraksionlar bilan bog‘liq jami 14 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan
va buning oqibatida 4 nafar insonning bevaqt o‘limiga sabab bo‘lgan.

Hozirgi kunda respublikadagi mavjud attraksionlardan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatishni tartibga soluvchi amaldagi  2 ta texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar mavjud.

Biroq, ushbu hujjatlarda respublikadagi mavjud attraksionlarni markazlashtirilgan reyestrini yuritish tartibi shuningdek, suv attraksionlari hamda havo bilan dam berib shishirilgan attraksionlardan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish talablari sohasida xuquqiy bo‘shliqlar mavjud bu esa o‘z navbatida mazkur yo‘nalishda davlat siyosatini aniq belgilashda muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Taʼkidlanishicha, qaror loyihasini qabul qilish orqali respublikadagi mavjud barcha turdagi attraksionlardan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish talablari o‘rnatiladi hamda madaniyat va istirohat bog‘lari attraksionlaridan foydalanishda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya va baxtsiz hodisalar oldi olinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101115 | Инструменты