Huawei 1
O'zbekistonda hafta davomida havo harorati koʻtarilishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” hafta davomida kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 24-iyun kuni O‘zbekiston bo‘yicha biroz issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, havo harorati 32-37 daraja, shimolda, janubda 40 darajagacha issiq bo‘ladi.

Tekislik hududlarning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

25-iyundan boshlab havo harorati yana ko‘tarila boshalaydi va ish haftasining oxirigacha kechalari 20-25 daraja, baʼzi joylarda 27 darajagacha, kunduz kunlari 35-40 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda 42-43 darajagacha issiq bo‘ladi. Ushbu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Sharqiy yo‘nalishdagi shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 24 va 27—28-iyun kunlari baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chag-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarda 24-iyunda kunduz kuni baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkentda dushanba kuni kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 34-36 daraja bo‘ladi. Kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda shamol tezligi 10-12 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

25—28-iyunda yog‘ingarchilik kutimlaydi. Harorat asosan kechalari 20-25 daraja, kunduzi 25-iyunda 35-37 daraja, 26—28-iyunda 37-40 daraja bo‘ladi.

Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi, 28-iyunda baʼzi joylarda 12-14 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92822 | Инструменты