O'zbekistonda harbiy xizmatchilarning murojaat qilish va salomlashish tartibiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar berdi. Unga ko'ra, jamoatchilikning faol a'zosi sifatida siz ham fikr va takliflaringizni qoldirishingiz mumkin.
Qayd etilishicha, O'zbekiston armiyasida muomala madaniyatini yuksaltirish maqsadida harbiy atamalarda “Mening”, “Safdoshim”, “Askar”, “Qoʻmondonim” va “Komandirim” kabi soʻzlarni tatbiq etish zaruriyati tugʻilmoqda.
Mutaxassislar tomonidan murojaat etish va salomlashish tartibi quyidagicha taklif etiladi:
I. Boʻysunuvchilar oʻz qoʻmondon (komandir)lariga nisbatan:
II. Boʻysunuvchilar oʻz boshliqlariga nisbatan:
III. Komandirlar oʻz boʻysunuvchilariga nisbatan:
Boʻysunuvchi ofitserlarga harbiy unvoni va familiyasi yoki faqat harbiy unvoni bilan murojaat etiladi:
Masalan:
Kontrakt asosida oddiy askar va serjantlar hamda muddatli harbiy xizmatchilarga harbiy unvoni va familiyasi bilan yoki faqat harbiy unvoni boʻyicha murojaat etiladi:
Masalan:
IV. Oʻzaro tobe boʻlmagan harbiy xizmatchilar bir-biriga nisbatan:
Masalan:
Masalan: “Mening safdoshim sizni komandirim chaqiryapti”.
V. Salomlashish tartibi:
boshliq: “Salom askarlar!” deganda (umumiy safda turgan barcha ofitser, serjant, kursant va askarlarga nisbatan),
boʻysunuvchilar: “Assalom!” deb javob beradi (umumiy safda turgan barcha ofitser, serjant, kursant va askarlar).
Yakka tartibda salomlashishda (jamoat joylarida va alohida yuzma-yuz uchrashganda) salom beruvchi yuqori ohangda “Salomatlik tilayman” (misol uchun: mening komandirim yoki kapitanim “Salomatlik tilayman”) deb aytadi, alik oluvchi oʻrta ohangda “Salom” deb javob qaytaradi.
VI. Xayrlashish tartibi:
VII. Tabriklash tartibi:
Harbiy xizmatchilar tantanali tadbirlarda taqdirlanganda “Oʻzbekiston Respublikasiga sadoqat bilan xizmat qilaman” deb javob beradi.
Komandir (boshliq)lar kundalik faoliyatida boʻysunuvchisiga (yoki bir nechta harbiy xizmatchilarga) nisbatan alohida eʼtibor qaratganda, uning mehnatini qadrlaganda, minatdorchilik bildirganda harbiy xizmatchi yakka taribda yoki jamoa boʻlib “Yuksak xizmatim” deb javob beradi.
VIII. Xizmat yigʻilishlarida harbiy xizmatchilarga yuqori ohangda “Rostlan” yoki “Janob ofitserlar!” komandasi beriladi. Yuqori rahbar tomonidan “Erkin” yoki “Janob ofitserlar!” komandasi beriladi.
SOʻZLAR MAʼNOSI
Askar – harbiy xizmatni oʻtayotgan shaxs, Davlat Qurolli Kuchlari majmui yoki ularning bir qismi hisoblanadi.
Safdosh – harbiy xizmatda birga, bir safda boʻlgan kishilar, tengdosh yoki tengqur shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.
Yuksak xizmatim – harbiy xizmatchi oʻz xizmati bilan javob berish maʼnosini anglatadi.
Mening – harbiy xizmatchilar ongida egalik, sodiqlik, qaygʻurish va boʻysunuvchanlik hissiyotini anglashni ifodalaydi.Izoh: Ushbu soʻzlar oʻzbek tilshunosligiga tegishli boʻlib, bir-biriga yaqin, turdosh atamalar sirasiga kiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi A. Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”dan olingan (E. Begmatov, A. Mamadvaliyev, M. Maxkamov,T. Mirzayev).
Alpha version: 0.9.1.19 build 21200 | Инструменты