O'zbekistonda issiqlik ta’minotida muammosi bo‘lgan maktablar uchun onlayn ta’limga ruxsat berildi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining xabar berishicha, 23-yanvardan O‘zbekistonning barcha hududlaridagi maktablarda III chorak darslari boshlanadi.
Issiqlik ta’minotida muammosi bo‘lgan maktablar holat yaxshilanguniga qadar o‘qishni vaqtincha masofadan olib borilishiga ruxsat etiladi.
Qaysi maktablar vaqtincha masofadan ta’lim olishlari haqida hududlarning ijtimoiy tarmoq kanallari hamda maktab rahbarlari tomonidan bevosita ota-onalarga xabar beriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120508 | Инструменты