Huawei 1
Navoiyda erini yog‘och bilan urib o‘ldirgan ayol 12 yilga qamaldi

2024-yilning iyun oyida Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida 1955-yilda tug‘ilgan erkak o‘zining ruhiy kasal qizi va shar’iy nikohida bo‘lgan xotini tomonidan qasddan o‘ldirilgan. “Ovoza” teledasturida mazkur holat bo‘yicha o‘tkazilgan sud hukmi haqida xabar berildi.

Keltirilishcha, ayol erining qizi bilan reja tuzib, dorixonadan “Enam” dorisini olib kelgan va qatiq ichiga solib, eriga ichirgan. U qiz bilan birga erkakning hushsizligidan foydalanib, uni yog‘och bo‘lagi orqali bosh qismiga urgan. Erkak olgan jarohati tufayli voqea joyida vafot etgan. Ayol va qiz jasadni yashirish uchun uni hovlidagi og‘ilxonaga ko‘mib qo‘ygan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xatirchi tuman sudi binosida ayolga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Ayol sud zalidagi nutqida marhum eri qizi va unga muntazam ruhiy va jismoniy tazyiq o‘tqizgani, u qotillikni mazkur zulmlardan bezib ketgani uchun sodir qilganini aytgan.

Sud hukmiga ko‘ra, ayol Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan deb topildi. Ayol 12 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120503 | Инструменты