Huawei 1
BMTTD va GEF O‘zbekistonga bioxilma-xillik milliy strategiyalarini yangilashga yordam beradi

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi o‘rtasida “O‘zbekistonda bioxilma-xillikni saqlash milliy strategiyalari va harakatlar rejalari (NBSAP) va 7-Milliy hisobotni yangilashni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha GEF-8 dasturi” loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida bitim imzolandi.

Hujjatga Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov va BMT Taraqqiyot dasturi "Nature Hub" direktori Midori Pakston Ar-Riyodda bo‘lib o‘tayotgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyasi (UNCCD) Tomonlar konferensiyasining (COP16) 16-sessiyasi doirasida imzo chekdi. 

Loyiha O‘zbekistonga NBSAP'larni yaqinda kelishilgan Bioxilma-xillik bo'yicha Kunming-Monreal global dasturiga muvofiqlashtirish va Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi konvensiya va Bioxilma-xillik bo'yicha Kunming-Monreal global dasturining milliy darajada samarali amalga oshirilishini ta’minlash uchun ularni qayta ko‘rib chiqish va yangilashda qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Bundan tashqari, loyiha ushbu hujjatlarni amalga oshirish bo‘yicha 7-Milliy hisobotni tayyorlash va taqdim etishda respublikaga ko‘mak beradi.  2024-yilning noyabridan 2027-yilning 30-iyuligacha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Maʼlumot uchun, 2023–2024-yillarda BMTTD Oʻzbekistonga bioxilma-xillikni saqlash boʻyicha yangi milliy maqsadlarni belgilashda koʻmak koʻrsatdi. O‘zbekiston Markaziy Osiyoda milliy maqsadlarni BMTning Biologik xilma-xillik toʻgʻrisidagi konvensiyasi doirasida rasman nashr etgan birinchi davlatga aylandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120505 | Инструменты