Huawei 1
Piyergabriyele Papadia de Bottini Italiyaning Oʻzbekistondagi elchisi etib tayinlandi

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Italiyaning yangi tayinlan elchisi Piyergabriyele Papadia de Bottinini qabul qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

"Piyergabriyele Papadia de Bottini janoblarini Italiyaning O'zbekistondagi Elchisi etib tayinlangani bilan tabriklaymiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. – Uning ishonch yorliqlari nusxalarini olganimizdan so'ng O'zbekiston-Italiya strategik hamkorlik kun tartibidagi ustuvor yo'nalishlarni muhokama qildik. Tashqi ishlar vazirligi janob Elchini mamlakatimizdagi faoliyati davomida har doim qo'llab-quvvatlashga tayyor".

55 yoshli diplomat Piyergabriyele Papia de Bottini 2020-2024-yillarda Italiyaning Toshkentdagi elchixonasini boshqargan Agostino Pinnaning o'rniga tayinlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120505 | Инструменты