Huawei 1
Abdusalom Azizov prezident maslahatchisi o‘rinbosari etib tayinlandi

Prezident administratsiyasida (PA) qator yangi tayinlovlar amalga oshirildi, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot kotibi.

Ruslanbek Quroltayevich Davletov prezidentning ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma'rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.

Abdusalom Abdumavlanovich Azizov prezidentning ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma'rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Suxrob Djo‘raqulovich Yusupov prezidentning ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma'rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Adxam Muratovich Turdiyev prezidentning ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma'rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident administratsiyasi sho‘basi mudiri lavozimidan ozod etildi.

Muzaffar Murotovich Kamilov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan prezidentning din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.

Olim Adilovich Saliyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan prezidentning din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120505 | Инструменты