Huawei 1
4-dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Ulug'bek Rashitov dunyo miqyosida "yilning eng yaxshi erkak sportchisi" deb topildi

Butunjahon taekvondo federatsiyasi 2024 yilning eng yaxshilarini aniqlash uchun sportchilar va murabbiylarning ovoz berish natijalarini e'lon qildi.

Abdusalom Azizov prezident maslahatchisi o‘rinbosari etib tayinlandi

Prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘lgan Ruslanbek Davletov prezidentning ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma'rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘ldi. DXXning sobiq rahbari Abdusalom Azizov esa uning yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib belgilandi.

Qurilishlarda atmosfera talablarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanishi kutilmoqda

Qonun loyihasiga ko‘ra, qurilish maydonlarida atmosfera havosini muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun qurilish tashkilotlari mansabdor shaxslarining javobgarligini belgilash taklif etilmoqda.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” Xivaga Afrosiyob reyslari yo‘lga qo‘yilishi haqidagi xabarlarni rad etdi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” ijtimoiy tarmoqlarda 7-dekabrdan Xiva shahrigacha Afrosiyob tezyurar poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yilishi haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi.

Keyingi yildan Qashqadaryo kartoshka, meva, parranda go‘shti va tuxum bo‘yicha o‘zini o‘zi to‘liq ta’minlashga o‘tadi

Prezident viloyatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, investitsiyalarni ko‘paytirish, kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

37 mingdan ortiq iste'molchilarga kafolatlanmagan xizmatlar ko'rsatilganligi aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan respublika miqyosida isteʼmolchilarning qonuniy huquqlarini himoya qilish maqsadida, Davlat tibbiyot muassasalari va xususiy klinikalarda tibbiyot uchun mo‘ljallangan o‘lchash va sinash vositalarining metrologik ko‘rikdan o‘tkazilganligi va ulardan bemorlar ko‘rigida foydalanilish holati o‘rganildi.

O‘zbekiston 2030-yilgacha 2 mln gektardan ortiq degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklashi kerak

“Oxirgi besh yil ichida milliy hukumat barqaror yer boshqaruvi va oʻrmonlarni barpo etish tashabbuslariga milliy budjetdan 1 milliard AQSh dollaridan ortiq mablagʻ ajratdi. Bunday sa’y-harakatlarga qaramay, butun dunyo bo‘ylab moliyalashtirishdagi kamchiliklar saqlanib qolmoqda”, — dedi Aziz Abduhakimov.

Bir kunda propanning birjadagi narxi deyarli 4%ga oshdi

29-noyabr, juma kungi savdo natijalari bilan taqqoslaganda, propan realizatsiyasi hajmi qariyb 200 tonnaga oshgan.

Portugaliyalik mutaxassis Pedro Moreyra "Paxtakor" klubida yangi bosh murabbiy sifatida ish boshladi

Yangi bosh murabbiy bilan 1+1 sxemasida shartnoma imzolangan. Unga 4 nafar hamyurti assistentlik qiladi.

Toshkentdagi qator maktablarda virusli gepatit bilan kasallanish holatlari aniqlandi

Toshkentdagi 214- va 65-maktablarda virusli gepatit bilan kasallanish holatlari qayd etildi. Tekshiruvlar natijasida, maktabning sanitariya holati talabga javob bermasligi ma’lum bo’lganidan so'ng, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan maktab rahbatiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120506 | Инструменты