Rossiyaning Irkutsk shahridan Namanganga uchayotgan samolyot Farg‘onaga qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Qayd etilishicha, Namangan xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti (tuman) tufayli “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Irkutsk – Namangan yo‘nalishi bo‘yicha HY9822 reysi ekipaji Farg‘onadagi muqobil aerodromga qo‘nishga qaror qilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120504 | Инструменты