2022/23-oʻquv yili boshiga O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan 191 ta oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni bir milliondan oshdi. Bu bo'yicha Statistika agentligi maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, ushbu 1 million nafar talabalarning 544,8 ming nafari yigitlar bo'lsa, 495,6 ming nafari esa qizlar.
Shuningdek, 2021-yilning 1-yanvar holatiga, YUNESKOning statistika instituti maʼlumotlariga koʻra, xorijda tahsil olayotgan Oʻzbekistonlik talabalar soni 85,9 ming nafarni tashkil etgan.
Eslatib o'tamiz, agentlik 2022-yilning 11 oyida 138,9 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari oʻqish maqsadida xorijga chiqqanini ma'lum qilgandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122500 | Инструменты