Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasida 831 nafar erkaklar 60 va undan yuqori yoshda farzandli bo‘lishgani qayd etilgan.
2022-yilda 50 yosh va undan katta yoshda nikoh qurganlar soni 7 850 nafarga yetgan.
Eslatib o'tamiz, 2022-yilning yanvar-oktyabr oylarida 50 yoshdan katta yoshda farzandli bo‘lgan erkaklar soni 3782 nafarni tashkil etgandi. Bunda respublika bo'ylab eng ko'p Samarqand viloyatidagi erkaklar (558 nafar) 50 yoshidan so'ng ota bo'lgan. Ro'yxatning eng pastida esa qoraqalpog'istonlik otalar qayd etilgandi — 76 nafar.
Shuningdek, 2023-yilning yanvar oyida O‘zbekistonda FHDYO organlarida 18 032 ta nikoh holatlari qayd etilgani haqida xabar bergan edik. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2 399 taga yoki 11,7%ga kamaygan.
Shuningdek, 2022-yilning yanvar-oktyabr oylarida respublika bo‘yicha 10 406 ta qayd etilgan nikohlarda kelinning yoshi kuyovnikiga nisbatan katta bo‘lgan. Bunday nikohlarning eng ko'pi Toshkent shahri va Buxoro viloyatida qayd etilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61813 | Инструменты