O'zbekistonda qancha erkak 50 yoshdan keyin ham otalik baxtiga erishgani ma'lum qilindi

2022-yilning yanvar-oktyabr oylarida 50 yoshdan katta yoshda farzandli bo‘lgan erkaklar soni 3782 nafarni tashkil etgan. Bu bo'yicha statistika qo'mitasi ma'lumot berdi.

Yozilishicha, respublika bo'ylab eng ko'p Samarqand viloyatidagi erkaklar 50 yoshidan so'ng ota bo'lgan. Ro'yxatning eng pastida esa sirdaryolik otalar qayd etilgan.

Quyida ushbu sonlarni hududlar kesimida ko'rishingiz mumkin:

— Samarqand viloyati – 558 ta

— Qashqadaryo viloyati – 575 ta

— Surxondaryo viloyati – 471 ta

— Andijon viloyati – 317 ta

— Namangan viloyati – 316 ta  

— Toshkent shahri – 306  ta

— Farg‘ona viloyati – 299 ta  

— Toshkent viloyati – 253 ta

— Buxoro viloyati – 173 ta

— Jizzax viloyati – 141 ta

— Navoiy viloyati – 119 ta 

— Xorazm viloyati – 99 ta

— Sirdaryo viloyati – 79 ta 

— Qoraqalpog‘iston – 76 ta  

Eslatib o'tamiz, avvalroq, noyabr oyida respublika bo‘yicha salkam 35 mingta juftlik qonuniy nikohdan o'tgani, salkam 4,2 mingtaga yaqin nikohdan ajralish holatlari qayd etilgani, 74,7 ming nafar qizlar 20 yoshgacha nikohdan o‘tgani ma'lum bo'lgandi. Shuningdek, kuni kecha O‘zbekiston aholisi 36 million kishidan oshgani va O'zbekiston pasporti 2022-yilda "Dunyoning eng kuchli pasportlari" ro'yxatidan nechanchi o'rinni egallagani ma'lum qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62213 | Инструменты