Sankt-Peterburg politsiyachilari O‘zbekistonda firibgarlikda gumonlanib, qidirilayotgan ikki nafar shaxsni qo‘lga oldi.
Ma'lum qilinishicha, politsiya xodimlari ularni 12-sentyabr, kunduzi soat 15:00 larda Moiseenko ko'chasida ushlashgan. Erkaklardan biri 25 ikkinchisi esa 28 yoshda bo'lgan.
Tergov ma'lumotlariga ko'ra, gumonlanuvchilar o'tgan yili yozda bir fermerning qoramollarini arzon narxda sotishga kelishib, poda va pullarni olib, qochib ketgan.
28 yoshli yigit 1 million rublga teng mablag'ni o'g'irlashda ayblanmoqda. 25 yoshli yigit esa shu mablag'dan o'n baravar kam pul ishlab olgan.
"Uddaburonlar" 2022-yil 1-yanvar kuni O'zbekistonda qidiruvga berilgan. Ular Rossiyada ushlanganidan so'ng, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Mavzuga doir
O'zbekistonda qidiruvda bo'lgan ayol Rossiyada qo'lga olindi
Qidiruvda bo'lgan o'zbekistonlik erkak Sank-Peterburg aeroportida ushlandi
Rossiyada O‘zbekiston Interpoli tomonidan qidiruvda bo‘lgan firibgar qo‘lga olindi
O‘zbekiston Interpol MMB xodimlari xalqaro qidiruvda bo'lgan Turkiya fuqarosini qo'lga oldi
O'zbekistonda xalqaro qidiruvda bo'lgan katta jinoyatchi qo'lga olindi
Alpha version: 0.9.1.19 build 51117 | Инструменты