O'zbekistonda yanvar oyida 76 ming nafardan ziyod chaqaloq tug'ildi
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar oyida respublika bo‘yicha 76 199 nafar tirik tug‘ilish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4 242 nafarga (5,9 %) oshgan.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida respublika bo‘yicha 850 282 ta tirik tug‘ilish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51421 | Инструменты