Davlat statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida respublika bo‘yicha 850 282 ta tirik tug‘ilish holatlari FHDYO organlarida qayd etildi.
Shundan eng ko‘p tug‘ilish Samarqand viloyatida qayd etilgan — 101 858 nafar.
Eng kam tug‘ilish esa Toshkent shahrida — 6 214 nafar.
Shuningdek, o'tgan 11 oyda hududlar kesimida tug‘ilishlar soni quyidagicha:
— Qoraqalpog‘iston R. – 39 084 ta
— Andijon viloyati – 79 078 ta
— Buxoro viloyati – 41 036 ta
— Jizzax viloyati – 37 085 ta
— Qashqadaryo viloyati – 89 792 ta
— Navoiy viloyati – 24 056 ta
— Namangan viloyati – 75 099 ta
— Samarqand viloyati – 101 858 ta
— Surxondaryo viloyati – 74 544 ta
— Sirdaryo viloyati – 21 273 ta
— Toshkent viloyati – 67 127 ta
— Farg‘ona viloyati – 92 436 ta
— Xorazm viloyati – 40 600 ta
— Toshkent shahri – 6 214 ta
Eslatib o'tamiz, oktyabr oyida O'zbekistonda 85 ming 306 nafar chaqaloq dunyoga kelgan edi. Shuningdek, 2022-yil 9-dekabr kuni holatiga ko'ra, O‘zbekiston aholisi 36 million kishidan oshgani xabar qilingandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51422 | Инструменты