Huawei 1
O'zbekistondagi maktablarda ta’lim olayotgan o‘quvchilar soni qariyb 6,5 mln nafarga yetdi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022/2023-o‘quv yili boshiga O‘zbekistonda umumta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan o‘quvchilar soni qariyb 6,5 mln nafarni tashkil etgan. Shundan, 1–4-sinf o‘quvchilari soni 2,5 mln nafarni tashkil etgan.

Hududlar bo‘yicha 1–4- sinf o‘quvchilari soni:

- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 144,2 ming nafar;

- Andijon viloyati — 234,7 ming nafar;

- Buxoro viloyati — 127,9 ming nafar;

- Jizzax viloyati — 105,6 ming nafar;

- Qashqadaryo viloyati — 262,2 ming nafar;

- Navoiy viloyati — 74,3 ming nafar;

- Namangan viloyati —  211,9 ming nafar;

- Samarqand viloyati — 306,8 ming nafar;

- Surxondaryo viloyati — 216,7 ming nafar;

- Sirdaryo viloyati — 60,5 ming nafar;

- Toshkent viloyati — 201,9 ming nafar;

- Farg‘ona viloyati — 273,2 ming nafar;

- Xorazm viloyati — 138,8 ming nafar;

- Toshkent shahri — 185,3 ming nafar. 

Eslatib o'tamiz, bundan oldin O'zbekistonda OTMlarida taʼlim olayotgan talabalar soni bir milliondan oshgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122408 | Инструменты