O'zbekistonliklar Qurbon hayiti munosabati bilan uch kun dam oladi
O‘zbekistonda 2021 yilgi Qurbon hayiti munosabati bilan byudjet tashkilotlarida ishlovchilar ketma-ket uch kun dam olishadi.
Prezident farmoniga asosan, 20–22 iyul (seshanba–payshanba) kunlari – ish haftasining turidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun dam olish kunlari hisoblanadi.
Bunda, haftada 5 kun ishlovchilar uchun 17 iyul (shanba) va 24 iyul (shanba) ish kunlari mos ravishda 21 iyul va 22 iyulga ko‘chiriladi.
Haftada 5 va 6 kun ishlovchilar uchun grafik quyidagicha bir xil:
17-iyul (shanba) – ko‘chirilgan ish kuni
18-iyul (yakshanba) – dam olish kuni
19-iyul (dushanba) – ish kuni
20-iyul (seshanba) – dam olish kuni (Hayitning 1-kuni)
21-iyul (chorshanba) – dam olish
22-iyul (payshanba) – dam olish
23-iyul (juma) – ish kuni
24-iyul (shanba) – ish kuni
25-iyul (yakshanba) – dam olish kuni
Har yillik mehnat ta’tilining davomiyligi mazkur qisqartirish hisobga olingan holda, 15 ish kunidan kam bo‘lmasligi belgilangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122608 | Инструменты